Yangiliklar
“KELAJAK TADBIRKORI” DASTURI VA ISTIQBOLLI REJALAR

“KELAJAK TADBIRKORI” DASTURI VA ISTIQBOLLI REJALAR

Ma’lumki, joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

X – O‘ZBEKISTON NEVROLOGLARI FORUMI

X – O‘ZBEKISTON NEVROLOGLARI FORUMI

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston nevrologlari jamoat birlashmasi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida mart oyi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: DUAL TA’LIM – KELAJAK POYDEVORI

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: DUAL TA’LIM – KELAJAK POYDEVORI

Bugun, 24-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Respublika ixtisoslashtirilgan

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: TA’LIM VA KELAJAK MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: TA’LIM VA KELAJAK MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA

Bugun, 23-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov turli kafedralarda tahsil olayotgan

  • Fakultetlar
    • Davolash
    • Pediatriya
    • Stomatologiya
    • Farmatsiya
    TULANOV DILSHODBEK SHOMIRZAYEVICH

    Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Davolash fakulteti dekani

    AXMADALIYEV JO‘RAVOY TADJIBAYEVICH

    Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari

    O‘LMASOV MURODJON MAXMUDOVICH

    Davolash fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

    DAVOLASH ISHI FAKULTETI

    Davolash fakulteti 1955 -yil oktabr oyida tashkil qilingan. Davolash fakultetining birinchi dekani dotsent K.A.Zufarov bo‘lgan. O‘sha paytda fakultetda 10 ta kafedra bo‘lib, 120 nafar talaba o‘qigan, keyinchalik talabalar ko‘payib, kafedralar soni ham orta boshlagan. 1957- yilga kelib davolash fakulteti dekani lavozimiga bioximiya kafedrasi mudiri, dotsent M.G‘.Mirzakarimov tayinlangan. Bugungi kunda fakultetimizda 4 ta yo‘nalish mavjud, davolash ishi, kasb ta’limi, xalq tabobati va oliy hamshiralik ishi. Ushbu yo‘nalishlarda bugungi kunda jami 5751 nafar, davlat granti asosida 1327 nafar, to‘lov-shartnoma asosida 4424 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda. Shundan davolash ishi yo‘nalishida 1245 nafari davlat granti, 3998 nafari to‘lov-shartnoma, kasb ta’limi yo‘nalishida 32 nafari davlat granti, 334 nafari to‘lov-shartnoma, xalq tabobati yo‘nalishida 49 nafari to‘lov-shartnoma va oliy hamshirialik ishi yo‘nalishida 14 nafari davlat granti, 43 nafari to‘lov-shartnoma asosida tahsil olib kelmoqda. 2023-yil 6-bosqich talabasi Bo‘taboyeva Musharrafxon Maxmudjon qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori. 6-bosqich talabalari Abduraxmonov Shoxjahon Ikromjon o‘g‘li, Alijonov Dostonbek Anvarjon o‘g‘li va Soliyeva Madina Iqboljon qizi Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari.

    BOZOROV SHAVKATBEK TOJIDDINOVICH

    Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent ADTI Pediatriya fakulteti dekani

    BAYDULLAYEV KOZIMJON ABDUMO‘MINOVICH

    Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

    IKRAMOV ANVARBEK FAZILOVICH

    Pediatriya fakulteti dekan o‘rinbosari

    PEDIATRIYA FAKULTETI

    Pediatriya fakulteti 1966 yilning noyabr oyida tashkil etilgan. 1972 yili fakultet Toshkentda O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti ochilganligi sababli berkitilib, 1977 yilda qayta tiklangan. Hozirgi davrga kelib pediatriya fakultetida 14 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Pediatriya fakultetida birlamchi tibbiyot tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi umumiy pediatr mutaxassislari tayyorlanadi. Fakultetda 238 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar, ulardan 14 nafari fan doktorlari-professorlar, 82 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 142 nafari katta o‘qituvchi va assistentlar talabalarga tibbiyot ilm-fan sirlarini o‘rgatmoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda 2074 nafar talabalar tahsil olmoqda. Fakultet iqtidorli talabalari Respublika miqyosida bir qator ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, yuksak qobiliyatli talabalar uchun ta’sis etilgan stipendiyalar sovrindorlari bo‘lishgan va bir qancha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar. 2022 yil 6-bosqich talabasi Inakova Zebiniso Ibn Sino davlat stipendiyasi, 2023-yil 6-bosqich talabasi Abdurashidov Abdurauf Prezident davlat stipendiyasi, 5-bosqich talabalari Azimov Akmal va Tulakov Elbek Ibn Sino davlat stipendiyasi, Ko‘ldasheva Gulshoda Islom Karimov davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar.

    Musaev Nozimjon Ro‘zibayevich

    Stomatologiya fakulteti dekani

    Urinov farrux anvarovich

    Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

    Mahmudov Xushnudbek Shoyatbekovich

    Stomatologiya fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

    STOMATOLOGIYA FAKULTETI

    Stomatologiya fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016-yil 22-noyabrdagi 500-son hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 23-noyabrdagi 481-sonli buyruqlari asosida Andijon davlat tibbiyot institutida 2016-yil dekabr oyida tashkil qilindi. Bugungi kunda fakultetda 1 nafar dekan, 3 nafar dekan o‘rinbosarlari, 1 nafar dekanat uslubchisi, 1 nafar o‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher va 2 nafar dekanat ish yurituvchisi faoliyat yuritib keladi. Hozirgi kunda fakultet tasarrufida 14 ta kafedra bo‘lib, ular asosan, institut o‘quv binosi, institut klinikasi, viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi va viloyat stomatologiya poliklinikalari bazasida joylashgan. 218 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda. Ularning 14 nafari fan doktori, professorlar, 24 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 28 nafari katta o‘qituvchi, 152 nafari assistent va o‘qituvchilardir. Fakultetda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 33% dan yuqori bo‘lib, respublika tibbiyot institutlari fakultetlari orasida yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Stomatologiya fakulteti talabalari turli amaliy anjumanlarda o‘zlarini ilmiy maqolalari bilan qatnashib kelmoqdalar. Ibn Sino, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalarini hamda viloyat hokimi stipendiyalarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishmoqda. Iqtidorli talabalar respublika, xorij mamlakatlarida o‘tkaziladigan olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

    YULCHIYEV KARIMJON SALIMJONOVICH

    Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Farmatsiya fakulteti dekani

    ABDULLAYEV ABDULHAMID NABIYEVICH

    Farmatsiya fakulteti dekan o‘rinbosari

    YUSUPOV ILYOSBEK XUSANBOYEVICH

    Farmatsiya fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

    FARMATSIYA FAKULTETI

    Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2022 yil 25-avgustdagi 257-T sonli buyrug‘i bilan institut kuzatuv kengashi qarori bilan Farmatsiya fakulteti amaldagi strukturaga kiritilgan va ushbu fakultet tarkibiga farmatsiya turlari bo‘yicha hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlari biriktirilgan. Bugungi kunda fakultetda 1 nafar dekan, 3 nafar dekan o‘rinbosarlari, 1 nafar uslubchisi faoliyat yuritib keladi. Fakultetda 13 nafar kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda, 159 nafar professor o‘qituvchilar talabalarga tibbiyot ilm-fan sirlarini o‘rgatmoqdalar. Farmatsiya fakultetida taxsil olayotgan talabalar soni 1-bosqich 131 nafar, 2-bosqich 127 nafar, 3- bosqich 151 nafar, 4-bosqich 125 nafar, 5-bosqich 232 nafar, umumiy talabalar soni 766 nafarni tashkil etadi. Fakultet talabalari ko‘plab Respublika va Xalqaro tanlovlarda qatnashib kelmoqdalar. 5-bosqich talabasi Xakimova Oygul Sobitali qizi 2023-yilda “Yil ayoli” Respublika tanlovi go‘libasi va “InnoWeek.uz-2023” Istiqbolli inovator nominatsiyasi go‘libasi bo‘lgan.

    Asosiy ko‘rsatkichlar

    0
    O'qituvchilar soni
    0
    Talabalar
    0
    Xorijiy talabalar
    0
    Bitiruvchilar
    E'lonlar
    DIQQAT, HIMOYA!

    DIQQAT, HIMOYA!

    «Trombofiliya mavjud ayollarda homilani ko‘tara olmaslikning klinik-genetik aspektlari»

    DIQQAT, HIMOYA!

    DIQQAT, HIMOYA!

    «Erta toksikoz bilan og‘rigan homilador ayollarni tashxislash va davolashga individual yondashuv»

    Gerb

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

    president.uz

    Gerb

    O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali

    gov.uz

    Gerb

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

    my.gov.uz

    Gerb

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti

    edu.uz

    Gerb

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

    ssv.uz